JIB Xiva şahar sudi Içanqal’adagi haykallardan birini öpgan ayolga ma’muriy jazo qölladi. Kun.uz sud hujjati bilan tanişdi.
Sud qaroriga köra, Surxondaryo viloyatining Oltinsoy tumanida yaşovçi 25 yoşli M.G. sayohat qiliş uçun Xiva şahriga borgan. U 21 fevral kuni Içanqal’adagi Xorazm milliy musiqa san’ati namoyandalariga bağişlangan haykalni öpib, tasvirga olgan. Söngra uni ijtimoiy tarmoqdagi öz sahifasiga joylaştirgan.
M.G. sudda aybiga iqrorlik bildirgan. U qilmişidan puşaymonligini, homilador ekanini aytib, suddan yengillik söragan.
Sud qarori bilan M.G. Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 64-1-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan moddiy madaniy meros obektlariga nisbatan hurmatsizlik bilan munosabatda böliş huquqbuzarligini sodir etgan deb topildi. Unga BHMning 5 baravari (2 mln 60 ming söm) miqdorida jarima jazosi tayinlandi.








