Farğona şahrida erini urgan ayol jinoiy jazoga tortildi. Kun.uz sud hujjatlari bilan tanişdi.
Sud hukmiga köra, 1999 yilda tuğilgan M.A. 2026 yil 20 fevral kuni turmuş örtoği M.S. bilan oilaviy kelişmovçilik sabab özaro janjallaşgan. Ayol janjal paytida erini qöli bilan urib, qasddan tan jarohati yetkazgan hamda unga nisbatan oilaviy zöravonlik qilgan.
Ayol sudda aybiga iqrorlik bildirgan. U körsatmasida özaro janjal paytida özini himoya qilmoqçi bölib, erini turtib yuborganini aytgan.
“2026 yil 18 fevral kuni farzandlarimizni aylantirib keliş uçun köçaga çiqdik. Men san’at saroyiga, turmuş örtoğim savdo majmuasiga borişni aytdi. Jahlim çiqib, u bilan janjallaşib ketdim. U esa uyga kirib ketdi. Qörqib, otamning uyiga ketib yubordim”, degan ayol.
Oradan 2 kun ötib M.A. turmuş örtoğining uyiga qaytgan hamda er-xotin örtasida yana janjal çiqqan.
“Meni urmoqçi bölganida özimni himoya qiliş maqsadida qölim bilan turtib yubordim. Hozirda harakatlarim noqonuniy ekanini tuşunib yetdim”, degan M.A.
Jabrlanuvçi erkak esa ayolini keçirmasligini aytib, suddan unga nisbatan qonuniy çora körişni söragan.
JIB Farğona şahar sudi hukmi bilan M.A. Jinoyat kodeksining 126-1-moddasi (oilaviy zöravonlik) 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilgan. Unga BHMning 20 baravari (8 mln 240 ming söm) miqdorida jarima jazosi tayinlangan.
Jabrlanuvçi erkakka davolanişi uçun ketgan moddiy va ma’naviy zararni undiriş masalasida fuqarolik sudiga murojaat qiliş huquqi tuşuntirilgan.












