Pokiston o‘zbekistonlik haydovchilar uchun maxsus vizalar joriy etmoqchi
Ular bilan yuk tashuvchilar 6 oy ichida chegarani yuklar bilan birgalikda bemalol kesib o‘tishlari mumkin bo‘ladi.
Pokiston va Afg‘oniston o‘zaro yuk mashinalari haydovchilari uchun maxsus vizalar joriy qilmoqda. O‘zbekiston ham dasturga qo‘shilishi mumkin, deb yozadi Spot nashri Pakistan Today’ga tayangan holda.
Pokiston savdo vaziri Navid Qamarning aytishicha, yangi vizalar ikki mamlakat yuk tashuvchilariga chegarani to‘siqsiz kesib o‘tish imkonini beradi. Bu ular o‘rtasidagi tovar aylanmasi hajmini oshiradi.
Viza 6 oy davomida amal qiladi. Kelgusida ularni o‘zbekistonlik haydovchilarga ham berish rejalashtirilgan — buning uchun uch davlat o‘rtasida viza shartnomasi tuziladi.
Vazir Markaziy Osiyoda eksportchilar uchun keng imkoniyatlar mavjudligini qayd etdi – buning natijasida ularning Yaqin Sharq, YeI va AQSh bozorlariga qaramligi kamayadi. Mamlakat hukumati Pokistonni mintaqaviy savdo va transport markaziga aylantirish niyatida, deya qo‘shimcha qildi Qamar.
Pokiston allaqachon O‘zbekiston bilan tranzit savdosi bo‘yicha shartnoma imzolagan. Vazirning so‘zlariga ko‘ra, ayni paytda Qozog‘iston va Qirg‘iziston bilan bu borada muzokaralar olib borilmoqda.
Mavzuga oid
10:23 / 14.09.2024
Chortoqda 14 yoshli bolaning umriga zomin bo‘lgan Malibu haydovchisi 4 yilga qamaldi
14:10 / 10.09.2024
Niderlandiyada qotillikka undaganlikda ayblangan ikki pokistonlik sudlandi
15:13 / 09.09.2024
Navoiyda ikki o‘quvchining umriga zomin bo‘lgan haydovchi 5 yilga qamaldi
12:27 / 21.08.2024