Yevropa mamlakatlarining Kiyevdagi elchixonalari xodimlari bombapanohlari bo‘lgan mehmonxonalarga joylashtirildi
Diplomatlar 24 avgust kuni yoki uning ertasiga Rossiya havo zarbasi berishi ehtimoli borligi tufayli ana shunday qarorga kelgan.
Yevropaning ayrim mamlakatlari Kiyevdagi elchixonalari xodimlarini bunkerlarga yaqin bo‘lgan va bombapanohlari mavjud mehmonxonalarga joylashtirdi. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib Foreign Policy xabar berdi.
Qayd etilishicha, diplomatlar 24 avgust kuni yoki uning ertasiga Rossiya havo zarbasi berishi ehtimoli borligi tufayli ana shunday qarorga kelgan.
Shu bilan birga, manbalar Rossiya kuchlari elchixonalarni maxsus nishonga oladi deb hisoblashmayapti, biroq noaniq zarbalardan xavfsirashmoqda.
Avvalroq AQShning Kiyevdagi elchixonasi o‘z fuqarolarini Ukrainani tark etishga chaqirgandi.
Mavzuga oid
11:20 / 18.09.2024
Kiyev rossiyaliklar tomonidan harbiy asir o‘ldirilgani ehtimolini tekshirmoqda
09:10 / 17.09.2024
FT: YeI Kiyevga 40 mlrd yevrogacha mablag‘ ajratishi mumkin
13:42 / 12.09.2024
Kiyevdagi eng ko‘p xorijiy kompaniya o‘zbekistonliklar hisobiga to‘g‘ri kelmoqda – Ukraina elchisi
13:19 / 12.09.2024