11 sentabr kuni Ukrainaning Özbekistondagi elçisi bilan ommaviy axborot vositalari vakillari uçraşuvi bölib ötdi.
Hozirgi kunda Özbekiston va Ukraina munosabatlaridagi eng qiyin masala bu logistika.
Uruş boşlanişidan avval, 2021 yil Toşkent va Kiyev örtasidagi savdo aylanmasi 747 million dollarni taşkil qilgan bölsa, uruş boşlangandan söng körsatkiç ikki barobardan köproq hajmga qisqardi. Ukrainadan Rossiya hududi orqali Markaziy Osiyoga ötuvçi yöllar yopildi.
Biroq şu bilan hammasi töxtab qolgani yöq - savdo aylanmalari Trans Kaspiy, Aktau porti yoki Turkmanboşi portlari orqali amalga oşirila boşlandi. Şunga qaramay logistika harajatlari qimmat, masalan: bir yuk maşinasi qatnov narxi 10 ming dollardan – 15 ming dollargaça tuşmoqda. Uruşgaça esa bir maşinaning qatnov narxi 4,5 ming dollar bölgan. Şunga qaramay tomonlar ikki davlat örtasidagi iqtisodiy munosabatlarni rivojlantiriş hususida faol iş olib borişyapti, deydi Ukrainaning Özbekistondagi elçisi Nikolay Doroşenko.
Ayni paytda Ukrainada 312 ta özbekistonlik tadbirkor iştirokidagi bizneslar mavjud. Bu borada Turkiya fuqarolari yetakçilik qilmoqda - 396 kompaniya yoki mamlakatda oçilgan umumiy korxonalarning deyarli 13 foizi. Undan keyingi örinlarni Özbekiston (10 foiz) va Polşa (224 ta korxona, jami 7,3 foiz).
Ma’lumotlarga köra poytaxt Kiyevdagi eng köp xorijiy kompaniyalar özbekistonliklarga tegişli (175 ta korxona).
Şuningdek, Nikolay Doroşenko Ukraina Oliy Radasi va Hukumatidagi özgarişlarga töxtalib, yangi tayinlovlar Kiyev taşqi siyosatidagi maqsadlariga ta’sir qilmasligini ma’lum qilgan.
Normuhammad Ali tayyorladi.











