Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Malayziya sobiq bosh vaziri 12 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi
Seshanba kuni Malayziya Oliy sudi sobiq bosh vazir Najib Tun Razzoqni 12 yilga ozodlikdan mahrum qildi, deb yozadi Reuters agentligi.
Foto: Reuters
2009 yildan 2018 yilgacha Malayziya bosh vaziri bo‘lib ishlagan 69 yoshli Najib Razzoq o‘zi asos solgan 1Malaysia Development Berhad (1MDB) davlat jamg‘armasida ko‘p milliard dollarlik poraxo‘rlik mojarosiga aloqadorlikda aybdor deb topildi.
2020 yilda sud uni shaxsiy hisoblariga o‘tkazilgan jami 9,4 million dollar bo‘yicha yettita ayblov punkti bo‘yicha aybdor deb topgandi.
Sobiq bosh vazir doimiy ravishda qonunbuzarlikni rad etib keldi, biroq uning so‘nggi apellyatsiya arizasi Malayziya Oliy sudi besh nafar sudyasidan iborat hay’ati tomonidan rad etildi. Najib Razzoq 46,94 million dollar jarimaga ham tortildi.
Sud vakilining aytishicha, u poytaxt Kuala-Lumpurdan 40 kilometr uzoqlikda joylashgan Kajang qamoqxonasiga olib ketilgan.
Avvalroq Malayziya apellyatsiya sudi korrupsiyada ayblangan sobiq bosh vazir Najib Razzoqning hukmini o‘zgarishsiz qoldirishga qaror qilgan edi.
Mavzuga oid
19:34 / 11.01.2026
Turoperatorlarga Malayziya va Indoneziyadan jalb qilingan har bir sayyoh uchun subsidiya beriladi
14:29 / 27.12.2025
Malayziya sobiq bosh vaziri 15 yilga qamaldi
12:47 / 13.12.2025
Malayziyaga safar qilayotgan o‘zbekistonliklar uchun muhim talablar ma’lum qilindi
23:08 / 03.12.2025