Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonga Qozog‘istondan 1,5 mln tonna bug‘doy olib kelindi
Qozog‘istondan import qilingan ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari to‘g‘risida ma’lumot berildi.
O‘zbekistonga 2022 yil yanvar-iyul oylarida Qozog‘istondan import qilingan ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari hajmi ma’lum qilindi.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, mahsulotlar hajmi bo‘yicha bug‘doy yetakchilik qilmoqda – 1,5 mln tonna.
Shuningdek, 218,3 ming tonna bug‘doy uni va 47,3 ming tonna arpa olib kirilgan.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan mahsulotlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:
- o‘simlik yog‘i – 45,9 ming tonna;
- makkajo‘xori – 33,6 ming tonna;
- margarin mahsulotlari – 25,8 ming tonna;
- kartoshka – 23,5 ming tonna;
- qoramol go‘shti – 9,1 ming tonna;
- sut mahsulotlari – 3 ming tonna;
- qandolat mahsulotlari – 1,6 ming tonna.
Mavzuga oid
08:59 / 26.05.2026
O‘zbekistonga Qozog‘iston nefti yetkazib berilishi mumkin
09:07 / 25.05.2026
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Qozog‘iston va Rossiyaga ko‘chib ketmoqda
12:39 / 23.05.2026
Qozog‘istonda maktab bitiruv kechalarini restoran va kafelarda o‘tkazish taqiqlandi
22:20 / 22.05.2026