Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Qozog‘iston va Rossiyaga ko‘chib ketmoqda
2026 yilning birinchi choragida O‘zbekistondan xorijiy davlatlarga doimiy yashash maqsadida ko‘chib ketganlar soni 2 277 nafarni tashkil qildi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4,1 foizga kamdir.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, xorijga ko‘chib ketganlarning asosiy qismi Qozog‘iston va Rossiya hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Xususan, doimiy yashash uchun mamlakatni tark etganlarning 80,6 foizi Qozog‘istonga, 16,4 foizi esa Rossiyaga ko‘chib ketgan.
Shuningdek, Janubiy Koreyaga ko‘chib ketganlar ulushi 0,8 foizni, Qirg‘izistonga ketganlar esa 0,7 foizni tashkil etgan. Qolgan 1,5 foiz boshqa davlatlar hissasiga to‘g‘ri keladi.
Hududlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkich Qoraqalpog‘iston Respublikasida qayd etilgan bo‘lib, 727 nafar fuqaro xorijga ko‘chib ketgan. Keyingi o‘rinlarda Toshkent viloyati — 637 nafar va Navoiy viloyati — 511 nafar bilan qayd etilgan.
Eng past ko‘rsatkichlar esa Qashqadaryo viloyatida — 5 nafar va Surxondaryo viloyatida — 3 nafarni tashkil etgan.
Mavzuga oid
18:33 / 17.07.2026
Rossiya va Ozarboyjon AZAL samolyoti halokati bo‘yicha barcha masalalarni hal qilgani aytildi
10:42 / 17.07.2026
“Faqat smartfoni yo‘qlarga taalluqli” - O‘zbekiston TIV Rossiyaning migrantlarga yangi talabi haqida
10:40 / 17.07.2026
Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan vatandoshlar O‘zbekistonga olib kelindi
09:49 / 17.07.2026