O‘zbekiston | 10:12 / 01.09.2022
8631
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda ro‘yxatdan o‘tgan 60 mingdan ortiq korxona inventarizatsiya qilinadi

Toshkent shahri tumanlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Foto: Shutterstock

Bosh vazir o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev rahbarligidagi ishchi guruh Toshkent shahri Chilonzor tumani rivojlanishi hozirgi holatini joyiga chiqib o‘rgandi.

Bir qator ishlab chiqarish obektlari faoliyati o‘rganilgani barobarida mahalliy tadbirkorlar va ishlab chiqaruvchilar bilan ularni qiynab kelayotgan dolzarb masala va muammolar ham muhokama qilindi.

O‘rganish doirasida Chilonzor va boshqa tumanlar hokimligi rahbariyati bilan videokonferensiya tarzida investitsiyaviy, sanoat va savdo faoliyatini jadallashtirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi daromadlarini ko‘paytirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni oshirishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Shahar tumanlarida ro‘yxatdan o‘tgan 60 mingdan ortiq korxonalarni inventarizatsiya qilish, mahalliy aholi uchun qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish imkoniyatlarini aniqlash, zarur malaka va kasbiy ko‘nikmalar o‘zlashtirilishi uchun sharoit yaratish topshirildi.

Yig‘ilish yakunida vazirlik, idora va mahalliy hokimiyat organlari rahbarlariga Toshkent shahar tumanlari kompleks rivojlanishini rag‘batlantirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid