Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tibbiyot tashkilotlarining ilmiy unvonga ega xodimlariga ustama beriladi
O‘zbekistonda ilmiy unvonga ega tibbiyot xodimlariga qo‘shimcha ustama joriy etildi.
Tibbiyot muassasalari xodimlarini moddiy qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi prezident farmoniga ko‘ra, 1 sentabrdan davolash-profilaktika muassasalari xodimlariga davlat budjeti mablag‘lari hisobidan fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasi uchun lavozim maoshi 60 foizigacha va fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi uchun lavozim maoshi 30 foizigacha miqdorda har oylik qo‘shimcha haq to‘lanadi.
Bundan tashqari, barcha tibbiyot xodimlari davlat budjeti mablag‘lari hisobidan dastlabki va davriy tibbiy ko‘rikdan bepul o‘tkaziladi.
Viloyatlar hamda Toshkent shahridan, xorijiy davlatlardan Qoraqalpog‘istonning Taxtako‘pir, Chimboy, Qorao‘zak, Bo‘zatov, Shumanay, Qo‘ng‘irot tumanlariga borib ishlovchi shifokorlar oylik lavozim maoshiga dastlabki uch yil davomida 100 foiz, Mo‘ynoq tumanida esa 200 foiz miqdorida qo‘shimcha har oylik ustama to‘lovlari davlat budjeti mablag‘lari hisobidan to‘lanadi.
Bunda, shifokor boshqa hududda kamida 2 yil ishlagan hamda kamida ikkinchi darajali malaka toifasiga ega bo‘lgan bo‘lishi lozim.
Mavzuga oid
14:37 / 16.02.2026
B2 uchun 50 foiz, C1 uchun 100 foiz: kasbiy ta’lim pedagoglariga oylik ustama taklif qilindi
10:03 / 12.02.2026
Ayrim texnikumlar xodimlariga 100 foizlik ustama belgilandi
14:00 / 02.02.2026
“Sport targ‘ibotchisi”ga ustama: 20 foiz qo‘shimcha to‘lov belgilandi
14:24 / 08.01.2026