O‘zbekiston | 10:27 / 05.09.2022
2518
1 daqiqa o‘qiladi

Uchtepa va Chilonzor tumanlari ayrim hududlarida issiq suv ta’minoti to‘xtatiladi

Toshkent shahrining Uchtepa va Chilonzor tumanlari ayrim hududlarida issiq suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

«Veolia Energy Tashkent» («Toshissiqquvvati») xabariga ko‘ra, bugun, 2022 yil 5 sentabr kuni soat 18:00 ga qadar 5-IMdagi magistral issiqlik quvurida ta’mirlash ishlari olib boriladi.

Shu munosabat bilan Uchtepa va Chilonzor tumanlarining ayrim hududlarida issiq suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Ta’mirlash ishlari yakunlanishi bilan issiq suv ta’minoti tiklanadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid