O‘zbekiston | 10:14 / 20.09.2022
8135
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston 33 mln dollarga teng qovun va tarvuz eksport qildi

O‘zbekiston 2022 yil yanvar-avgust oylarida xorijga qiymati 33,2 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 119,8 ming tonna qovun va tarvuz eksport qilgan.

Foto: Kun.uz

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, qovun va tarvuz eksporti hajmi 2021 yil mos davriga nisbatan solishtirilganda 50,1 ming tonna (71,8 foiz)ga ko‘paygan.

O‘zbekiston 2022 yilning 8 oyida eng ko‘p qovun va tarvuz eksport qilingan davlatlar orasida Qozog‘iston yetakchilik qilyapti – 53,6 ming tonna.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:

  • Rossiya – 26,9 ming tonna;
  • Qirg‘iziston – 19,9 ming tonna;
  • Tojikiston – 12,2 ming tonna;
  • Latviya – 2,4 ming tonna;
  • Belarus – 2,3 ming tonna.

Mavzuga oid