O‘zbekiston | 09:02 / 20.09.2022
5363
2 daqiqa o‘qiladi

Parkentda XVI – XVII asrlarga oid mis tangalar topildi

Toshkent viloyati Parkent tumanida joylashgan Xo‘ja mahallasidagi xonadonlardan biridan mis tangalar topildi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.

Foto: Dunyo

Fanlar akademiyasi Milliy arxeologiya markazi, Madaniy meros agentligi, Arxeologik tadqiqotlarni muvofiqlashtirish va arxeologiya ashyolari davlat katalogini yuritish boshqarmasi mas’ullari tomonidan tangalar soni 939 ta ekani aniqlandi.

Mis tangalar topilgan joy ko‘zdan kechirilib, ular diametri 115 santimetr bo‘lgan o‘ra yer sathidan 40-50 santimetr chuqurlikda, bir joyda to‘plangan holda topilgani, tangalar topilgan joydagi tuproq orasidan o‘lchami 25x25x5 santimetr bo‘lgan pishiq g‘isht bo‘lagi, moviy rangda sirlangan va sirlanmagan idishlar mayda parchalari topildi.

Tangalarni dastlabki o‘rganish uzoq vaqt davomida yer ostida, nam tuproqqa qorishib chirigani sababli ular har ikkala tomoni yuzalari tekislanib ketgan. Tangalar ayrimlariga ishlov berilib, tozalanishi ularda doira shakldagi halqa va uning ichiga arab harflaridagi yozuv bitilgani ma’lum bo‘ldi. 

Tozalangan tangalardan ayrimlari bir tomonida “Zarb Toshkent” yozuvigina o‘qildi. Ikkinchi tomonini o‘qish imkoni bo‘lmagan. Ammo avval aniqlangan, aynan ularga o‘xshash tangalar bilan qiyosiy tahlil yangi topilgan xazina XVI asr oxiri – XVII asr boshlariga tegishli ekanini ko‘rsatgan. 

Tangalar topilgan joydan aniqlangan boshqa ashyoviy dalillar - 25x25x5 santimetr hajmdagi pishgan g‘ishtlar, moviy rangdagi sirlangan va sirsiz sopol idish siniqlari ham yuqorida ko‘rsatilgan davrga tegishli ekani aytiladi.

Mavzuga oid