Rossiya fond bozori keskin quladi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin qisman safarbarlik to‘g‘risidagi farmonni e’lon qilganidan keyin Rossiya fond bozori quladi.

Foto: AA
21 sentabr kungi savdo sessiyasi boshida Rossiya fond bozori 9,61 foizga tushib, 2002,73 punktgacha pasaygan. RBK ma’lumotlariga ko‘ra, bu Ukrainada urush boshlangan 24 fevraldan beri eng minimal ko‘rsatkichdir. Moskva birjasining indeksi bir kun oldin ham 8,84 foizga pasaygan edi.
Moskva birjasining “havorang fishkalari” orasida eng katta qulash “VK” (15,33 foiz), “PIK” (15 foiz) va “Sankt-Peterburg” birjasida (14,2 foiz) kuzatilgan.
Rossiyaliklar tomonidan kompaniyalar aksiyalarini sotish ko‘rsatkichlarining keskin oshishiga Vladimir Putin tomonidan imzolangan safarbarlik to‘g‘risidagi farmon sabab bo‘lgan. Fond bozorining qulashi hozircha rubl kursiga ta’sir qilmagan. So‘nggi oylarda mamlakatdagi asosiy stavka ham bozor harakatlariga bog‘liq bo‘lishni to‘xtatdi va faqat eksport va import oqimlarining nisbati bilan belgilanmoqda.
Urush boshlanganidan keyin norezidentlar Rossiya fond bozoridan chiqib ketishdi. Hozirda uning asosiy harakatlantiruvchi kuchi mahalliy investorlar hisoblanadi. Fevraldan beri Moskva birjasi indeksi 60 foizdan ko‘proqqa pasayib ketgan.
Tavsiya etamiz
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
Jahon | 22:24 / 12.05.2025
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
G‘azoda shifoxonaga zarba oqibatida o‘nlab qurbonlar borligi aytilmoqda
Jahon | 15:57
-
Chigirtkalar bosqini: Bu ham iqlim bilan bog‘liq muammomi?
O‘zbekiston | 15:49
-
Baliqchida mas’ullar budjet mablag‘larini soxta hujjatlar bilan o‘zlashtirgani aniqlandi
Jamiyat | 15:44
-
O‘zbekiston va YeI afg‘on kelishuvi masalasida muzokara o‘tkazdi
O‘zbekiston | 15:43
Mavzuga oid

08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi

17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi

14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi

13:00 / 12.05.2025