Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentdagi ko‘chalardan biri tig‘iz paytda transport harakati uchun yopiladi
22 sentabr kuni Toshkent shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan “Xalqaro avtomobilsiz kun” munosabati bilan “Velosiped kuni” aksiyasi uyushtiriladi.

Poytaxt hokimligi xabariga ko‘ra, unda ishtirokchilar Maxtumquli ko‘chasidan Yangi O‘zbekiston bog‘igacha bo‘lgan 11,5 km masofani velosipedda bosib o‘tadi.
Shu munosabat bilan poytaxtdagi Maxtumquli ko‘chasi Botkin ko‘chasi bilan kesishmasidan Yangi O‘zbekiston bog‘igacha bo‘lgan oraliqda soat 07:00 dan soat 09:00 gacha yopiladi.
Aksiyada ishtirok etishni xohlovchilardan 22 sentabr kuni soat 06:30 ga qadar Yashnobod tumanidagi Navro‘z xiyoboniga yig‘ilish so‘ralgan.
O‘z navbatida, haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya qilingan.
Mavzuga oid
13:05 / 16.02.2026
Toshkentda yuk mashinasi velosipedni urib yubordi
19:10 / 11.06.2025
Yangiyo‘lda yuk mashinasi velosipedchi bolani urib ketdi
19:47 / 29.01.2025
Toshkentda KHAYdan Maxtumquli ko‘chasiga tushish yo‘li ochildi
12:01 / 27.11.2024