O‘zbekiston | 09:31 / 22.09.2022
6298
1 daqiqa o‘qiladi

«Inomarka»lar asosan qaysi davlatlardan olib kelinayotgani ma’lum bo‘ldi 

O‘zbekiston asosan qaysi davlatlardan yengil avtomobil import qilgani to‘g‘risida ma’lumot berildi. 

2022 yil yanvar-avgust oylarida O‘zbekiston 25 ta xorijiy davlatdan yengil avtomobillar import qilgan. 

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 8 oyda O‘zbekiston yengil avtomobillarni eng ko‘p import qilgan davlatlar orasida Xitoy yetakchilik qilyapti – 8337 ta.

Keyingi o‘rinlardan mos ravishda 6784 ta va 3651 ta «inomarka» olib kelingan Koreya hamda Qozog‘iston joy oldi.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega:

  • Rossiya – 1388 ta;
  • AQSh – 237 ta;
  • BAA – 125 ta;
  • Yaponiya – 91 ta;
  • Germaniya – 67 ta.

Mavzuga oid