Milliy statistika qömitasi ma’lumotlariga köra, 2025 yil yanvar–sentabr oylarida Özbekiston Respublikasining import hajmi 33,1 mlrd AQŞ dollariga yetdi. Bu körsatkiç 2024 yilning mos davriga nisbatan 15,6 foizga ösgani qayd etilgan.

Rasmiy ma’lumotga köra, import tarkibida eng katta uluş maşinalar va transport asbob-uskunalariga töğri keladi. Uşbu toifadagi tovarlar qiymati 11,2 mlrd dollarni taşkil etgan bölib, jami importdagi uluşi 33,9 foizni taşkil etdi.

Import tarkibi quyidagiça şakllandi:

maşinalar va transport asbob-uskunalari — 11,2 mlrd dollar (33,9 foiz);
sanoat tovarlari — 5,3 mlrd dollar (15,9 foiz);
kimyoviy vositalar va şunga öxşaş mahsulotlar — 4,1 mlrd dollar (12,3 foiz);
xizmatlar — 3,6 mlrd dollar (11 foiz);
oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar — 3,1 mlrd dollar (9,3 foiz);
mineral yonilği, moylaş materiallari va şunga öxşaşlar — 2,6 mlrd dollar (7,9 foiz);
turli xil tayyor buyumlar — 1,2 mlrd dollar (3,7 foiz);
nooziq-ovqat xomaşyo (yoqilğidan taşqari) — 1,1 mlrd dollar (3,3 foiz);
hayvon va ösimliklar moylari, yoğlar va mumlar — 387,5 mln dollar (1,2 foiz);
içimliklar va tamaki — 251 mln dollar (0,8 foiz);
boşqa tovarlar — 229,7 mln dollar (0,7 foiz).

Özbekiston importida texnika, maşina va transport uskunalari yetakçi örinni egallab, sanoatni modernizatsiya qiliş, infratuzilmani rivojlantiriş va işlab çiqariş salohiyatini oşiriş bilan boğliq jarayonlar taşqi savdo tarkibida ham öz aksini topmoqda.