O‘zbekiston | 11:07 / 23.09.2022
3244
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Xitoy va Rossiyadan 8 mlrd dollarlik mahsulot sotib oldi

O‘zbekiston importidagi yetakchi 10 ta davlat ma’lum qilindi. Davlat statistika qo‘mitasi tegishli xabar bilan chiqdi.

Foto: Shutterstock

Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-avgust oylarida O‘zbekiston importida yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlar orasida Xitoy yetakchilik qilmoqda – 4,3 mlrd dollar.

Keyingi o‘rinlardan mos ravishda 3,8 mlrd dollar va 1,9 mlrd dollarlik mahsulotlar olib kelingan Rossiya va Qozog‘iston joy oldi.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega: 

  • Koreya – 1,6 mlrd;
  • Turkiya – 1,1 mlrd;
  • Germaniya – 649 mln;
  • Hindiston – 413 mln;
  • Turkmaniston – 387 mln;
  • Braziliya – 337 mln;
  • AQSh – 267 mln AQSh dollari.
Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid