O‘zbekiston | 09:17 / 23.09.2022
2022
2 daqiqa o‘qiladi

YeXHTning O‘zbekistondagi faoliyati kengaytiriladi

YeXHT bosh kotibi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni, gender tengligini ta’minlash masalalariga qaratilayotgan e’tiborni olqishladi.

Foto: Dunyo

BMT Bosh assambleyasi 77-sessiyasi doirasida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norovning Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Helga Mariya Shmid bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Vladimir Norov O‘zbekiston YeXHTni harbiy-siyosiy, iqtisodiy, ekologik va insoniy o‘lchovlarda xavfsizlik masalalari bo‘yicha siyosiy muloqot uchun noyob xalqaro platforma deb bilishini qayd etdi. O‘zbekiston va YeXHT o‘rtasida jadal kengayib borayotgan hamkorlik qayd etildi. 

Helga Shmid O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni, gender tengligini ta’minlash masalalariga qaratilayotgan e’tiborni olqishladi. Rasmiy Toshkentning xorijiy sheriklar bilan hamkorlik va mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlikni rivojlantirish, qo‘shni Afg‘onistonga ko‘maklashish borasidagi sa’y-harakatlariga yuqori baho berildi.

Tomonlar YeXHTning O‘zbekistondagi loyiha faoliyatini harbiy-siyosiy, iqtisodiy, ekologik va insoniy o‘lchovlarda kengaytirish masalalarini muhokama qildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid