O‘zbekiston | 12:08 / 24.09.2022
7400
1 daqiqa o‘qiladi

Olis hududlarda ko‘mir, gaz va oziq-ovqat zaxiralari yaratiladi

Foto: Energetika vazirligi matbuot xizmati

“Iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obektlari va ko‘p kvartirali uy-joy fondini 2022/2023 yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilindi.

2022/2023 yillar kuz-qish davrida respublika bo‘yicha 2967 ta ko‘p kvartirali uylar, 299 ta gaz taqsimlash punktlari, 1815,3 km ichimlik suvi tarmoqlari; 2420 ta ijtimoiy soha obektlari (13 ta maktab, 74 ta shifoxona va poliklinika, 7 ta OTM, 47 ta madaniyat obektlari, 11 ta sport obektlari mukammal) ta’mirlanadi.

149 km gaz quvurlarini tiklash-ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi. 6209 ta mahallaga 314 400 tonna suyultirilgan gaz yetkazib beriladi. 1 680 000 tonna ko‘mir mahsulotlari zaxirasi yaratiladi (shundan ijtimoiy soha obektlariga 518 000 tonna ko‘mir yetkazib beriladi).

Bundan tashqari, 443 ta olis va borish qiyin bo‘lgan qishloq (ovul)larda ko‘mir, gaz va oziq-ovqat zaxiralari yaratiladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid