O‘zbekiston | 18:16 / 26.09.2022
12124
2 daqiqa o‘qiladi

Nukus ko‘chasida 4 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Foto: IIBB axborot xizmati

Toshkent shahrining Mirobod tumani Nukus ko‘chasida 4 ta mashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabariga ko‘ra, 2022 yil 26 sentabr kuni soat 16:40 larda Mirobod tumani Nukus ko‘chasida bir yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan haydovchilar o‘zaro to‘qnashgan.

Qayd etilishicha, 1996 yilda tug‘ilgan N.F. boshqaruvidagi Toyota, 1998 yilda tug‘ilgan M.M. boshqaruvidagi Nexia-1, 1986 yilda tug‘ilgan J.J. boshqaruvidagi Spark va 2000 yilda tug‘ilgan N.A. boshqaruvidagi Labo ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Hodisa natijasida Spark haydovchisi J.J. hamda Labo haydovchisi N.A. tan jarohati olgan, voqea joyiga tez tibbiy yordam xodimlari kelib birinchi yordam ko‘rsatgan.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. 

Mavzuga oid