Toşkent şahrining Mirobod tumani Nukus köçasida 4 ta maşina iştirokida yöl-transport hodisasi sodir böldi.

Toşkent şahar IIBB Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi xabariga köra, 2022 yil 26 sentabr kuni soat 16:40 larda Mirobod tumani Nukus köçasida bir yönalişda harakatlanib kelayotgan haydovçilar özaro töqnaşgan.

Qayd etilişiça, 1996 yilda tuğilgan N.F. boşqaruvidagi Toyota, 1998 yilda tuğilgan M.M. boşqaruvidagi Nexia-1, 1986 yilda tuğilgan J.J. boşqaruvidagi Spark va 2000 yilda tuğilgan N.A. boşqaruvidagi Labo iştirokida yöl-transport hodisasi sodir bölgan.

Hodisa natijasida Spark haydovçisi J.J. hamda Labo haydovçisi N.A. tan jarohati olgan, voqea joyiga tez tibbiy yordam xodimlari kelib birinçi yordam körsatgan.

Holat yuzasidan Toşkent şahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan suriştiruv harakatlari olib borilmoqda.