16:53 / 26.09.2022
20430

Shayx Yusuf Al-Qarzoviy 96 yoshida vafot etdi

Foto: AP

Xalqaro musulmon ulamolari ittifoqi prezidenti, diniy ulamo – shayx Yusuf Abdulloh Al-Qarzoviy 26 sentabr kuni 96 yoshida vafot etdi. Ma’lum qilinishicha, Yusuf Al-Qarzoviy so‘nggi vaqtlarda bemor bo‘lgan.

Yusuf Abdulloh al-Qarzoviy 1926 yil — misrlik zamonaviy islom ulamosi, 2004 yildan buyon Xalqaro musulmon ulamolari ittifoqi prezidenti hisoblanadi. Shayx 120 dan ortiq kitoblar muallifi hamda diniy ilmlarni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun sakkizta xalqaro mukofotga sazovor bo‘lgan.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi ham ulamoning vafoti munosabati bilan ta’ziya bildirdi.

«Alloh taolo marhum olimning barcha xayrli ishlarini, ilm yo‘lidagi xizmatlarini, solih amallarini husni qabul aylab, O‘z mag‘firatiga olsin, oxiratlarini obod qilsin.

Marhumning ahli baytiga Alloh taoloning qazoi qadarini rozilik ila qarshi olgan chinakam mo‘minlarning maqomini so‘raymiz, barcha yaqinlariga go‘zal sabr tilab qolamiz», - deyiladi idora bayonotida.

Top