Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston suvni tozalash bo‘yicha Ispaniya tajribasidan foydalanmoqchi
O‘zbekistonlik suv xo‘jaligi mutaxassislari Ispaniya tajribasini o‘rganishdi.
Foto: Dunyo
Jahon bankining “Farg‘ona vodiysida suv resurslarini boshqarish. 2-bosqich” loyihasi doirasida mamlakat Madriddagi elchixonasi ko‘magida suv xo‘jaligi qonunchiligi, suv resurslarini boshqarish, tashkiliy, institutsional, huquqiy tuzilmalar, moliya-iqtisodiyot mexanizmini o‘rganish, irrigatsiya tizimini qo‘llab-quvvatlash maqsadida O‘zbekiston delegatsiyasining Ispaniyaga safari etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.
Safar doirasida delegatsiya a’zolarining Atrof-muhit va qishloq xo‘jaligi vazirliklari hamda Ispaniyaning Fenacore irrigatorlar ittifoqida uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.
Ispaniya tomoni O‘zbekiston delegatsiyasini suv resurslarini boshqarish bo‘yicha taqdimotlar, cho‘llanishga qarshi kurashish, suvni tozalashning zamonaviy texnologiyalaridan foydalanish, irrigatsiya tizimida suv resurslaridan oqilona foydalanish bo‘yicha Ispaniya tajribasi va yangi ishlanmalar bilan tanishtirdi.
Uchrashuv natijasida tomonlar suv xo‘jaligi sohasida hamkorlikni davom ettirish va ikki davlatning mas’ul idoralari o‘rtasida axborot almashuvini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishdi.
Mavzuga oid
08:20 / 20.05.2026
O‘zbekiston suv iste’moli yuqori davlatlar reytingiga kirdi
17:59 / 16.05.2026
O‘zbekiston kunlik suv iste’moli yuqori bo‘lgan davlatlar qatoriga kirdi
07:18 / 05.05.2026
Suvni ifloslantirganlik uchun jarima miqdori keskin oshirildi
18:55 / 19.04.2026