Yengil avtomobilda yo‘lovchi tashish litsenziya varaqasini olish yangi tartibi joriy qilindi
Yengil avtomobilda yo‘lovchi tashish litsenziya varaqasini olishning yangi tartibi joriy qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, bunda haydovchi, avvalo, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali masofadan yoki Davlat soliq inspeksiyasi hududiy bo‘limiga borgan holda o‘zini o‘zi band bo‘lgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tishi lozim. Ro‘yxatdan o‘tish va guvohnoma olish bepul.
Haydovchi my.gov.uz orqali yoki DXMga kelgan holda yengil avtomobilda yo‘lovchi tashish litsenziya varaqasini olish uchun 1 yilga 300 ming so‘m davlat boji to‘lab, litsenziya varaqasini oladi. My.gov.uz orqali murojaat qilinganda 10 foiz chegirma qo‘llaniladi, ya’ni 270 ming so‘m to‘lanadi.
O‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan haydovchi rasmiy ish stajiga ega bo‘lishni istasa, ixtiyoriy ravishda 1 yil uchun 300 ming so‘m ijtimoiy soliq to‘lashi mumkin. Ijtimoiy soliq to‘lash o‘zini o‘zi band qilganlar uchun ixtiyoriy sanaladi.
Mavzuga oid
11:58 / 04.09.2024
Akfa universiteti litsenziyaga ega bo‘lmagan ta’lim yo‘nalishiga talabalarni qabul qilgan
16:21 / 03.09.2024
Onix Qozog‘istonda O‘zbekistondagi chegirmali narxidan ham arzon sotilyapti
16:41 / 31.08.2024
Rolls va Roysning nomi berilgan brend – qo‘lda yig‘iladigan qimmatbaho avtomobil tarixi
19:50 / 20.08.2024