Bugun avtoişqibozlar Rolls-Royce degan nomni eşitsa bir entikib qöyadi. Sababi, bu kompaniya avtomobillari qölda yiğilgani uçun ança işonçli va qimmatbaho hisoblanadi.
Bir dona Rolls-Royce avtomobilini tayyorlaş uçun örtaça ikki oy vaqt sarflanadi. Kompaniya tomonidan şu kungaça işlab çiqarilgan maşinalarning 65 foizi hanuzgaça foydalanuvda.
Qiziği şundaki, kompaniya 1907 yildan 1958 yilgaça avtomobillar uçun dvigatel va şassi işlab çiqargan. Buyurtmaçi avtomobil kuzovi va saloni intererini özi tanlagan. Rolls-Royce uning tanlovi böyiça avtomobilni jihozlab bergan.
Phantom IV avtomobili Rolls-Royce avtomobillari orasida eng obrölisi hisoblanadi. Bu maşinadan faqat Britaniya qirollik oilasi va boşqa bir neçta davlat rahbarlariga tayyorlab berilgan. Undan 1950 yildan 1956 yilgaça bor-yöği 18 dona işlab çiqarilgan.
Rolls-Royce avtomobillarining eng yirik kolleksioneri hindistonlik Bhagvan Şri Rajniş hisoblanadi. Unda turli rusumlardagi 93 ta Rolls-Royce bor.

Boşqa bir hind moharajasi Paliala Bhupinder Rolls-Royce avtomobillaridan çiqindi yiğuvçi sifatida foydalangan. Gap şundaki, moharaja oddiy kiyim bilan Rolls-Royce avtomobillari sotiladigan salonga kirganida sotuvçi uni quvib yuboradi.
Bundan jahli çiqqan moharaja bir neçta Rolls-Royce’ni sotib oladi va Hindistonda ulardan çiqindi yiğuvçi avtomobil sifatida foydalanadi. Şundan söng kompaniya sotuvçini işdan böşatib, moharajadan uzr sörab çiqadi va unga yana bir neçta avtomobilni sovğa sifatida yuboradi.
Aholi soniga hisoblaganda eng köp Rolls-Royce Hongkongda röyxatga olingan. Ularning aksariyati Hongkong Britaniya tarkibida bölgan paytda boylar va Hongkong hukumati a’zolari tomonidan sotib olingan.
Rolss va Roys taşkil etgan kompaniya
Rolls-Royce kompaniyasining tarixi 20-asr boşlariga borib taqaladi. 1903 yilda muhandis-elektrik Henri Roys fransuzlar işlab çiqargan Decauville avtomobilini sotib oladi.
Öşanda Henriga avtomobilning konstruksiyasi, içki va taşqi körinişi yoqmaydi. Şundan söng u Decauville bazasida öz avtomobilini işlab çiqaradi va uni Çarlz Rolls ism-şarifli kimsaga sotadi.
Çarlzga maşina yoqib qoladi, u Henriga hamkorlik taklif qiladi. 1904 yilda Henri Roysga tegişli Royce Company va Çarlz Rolls egalik qiladigan C.S. Rolls and Co. avtomobil işlab çiqariş böyiça kelişuvga erişadi.

Oradan ikki yil ötgaç, şeriklar öz kompaniyalarini birlaştiradi va unga ikkalasi öz familiyasini nom sifatida tanlaydi. Şu tariqa Rolls-Royce paydo böladi.
Fransuzlarning Decauville avtomobili bazasida bir neçta avtomobil işlab çiqargan şeriklar oradan 1 yil ötib, 1905 yilda Silver Ghost nomi bilan öz avtomobillarini tayyorlaydi.
1910 yilda Çarlz Rolls 32 yoşida aviahalokat oqibatida halok böladi. Gap şundaki, Çarlz boşdanoq uçuvçi qurilmalarga qiziqardi va u 1898 yildan boşlab havo şarlarida uça boşlaydi.
Keyinçalik mohir muhandis bölib yetişgan yigit C.S. Rolls and Co. kompaniyasini taşkil etadi. Henri Roys bilan şerik bölgaç avtomobillar bilan birga uçuvçi qurilmalar va samolyotlar uçun dvigatellar işlab çiqara boşlaydi.
1910 yilda Çarlz aeroplanlarda uçiş uçun Jon Murdan söng Britaniyada ikkinçi bölib maxsus ruxsatnoma oladi. Öşa yili 2 iyun kuni u aeroplanda La-manş böğozi ustidan uçib, orqaga qaytadi.
Bu öşa paytda La-manş ustidan uçinçi marta uçib ötiş edi. Çarlzgaça bu işni Lui Bderio va Jaka Lessepsa amalga oşirgan edi.
2010 yil 12 iyul kuni Çarlz öz boşqaruvidagi aeroplan bilan Bornmut şahri yaqinida ötkazilgan aviaşouda qatnaşayotib, halokatga uçraydi va vafot etadi. U Britaniya tarixida aviahalokatda halok bölgan birinçi uçuvçi hisoblanadi.
Çarlzning vafotidan söng köp ötmay Henri Roysning soğligida muammolar paydo böladi va vraçlar unga iqlim özgartirişni maslahat beradi. Şu tariqa Rolls-Royce kompaniyasi boşqaruvi Klod Jonson ism-şarifli şaxsga ötadi. Henri Roys vaqti vaqti bilan unga yordamlaşib turadi.

1914 yilda Birinçi jahon uruşi boşlangaç, Rolls-Royce zirhlangan avtomobillar va samolyotlar uçun dvigatellar işlab çiqara boşlaydi. 1915 yilda kompaniya 5 ming dona aviadvigatel tayyorlaydi.
Kompaniya mahsulotlari tez sur’atda ommalaşadi. Hatto Birinçi jahon uruşida Antanta davlatlari foydalangan samolyotlarning yarmida Rolls-Royce dvigatellari örnatilgandi.
1920-yillar boşlarida Rolls-Royce’ga avtomobillardan köra aviadvigatellar köproq foyda keltira boşlaydi. 1931 yilda kompaniya Britaniyadagi yana bir avtomobil işlab çiqaruvçi Bentley Motors kompaniyasini sotib oladi.
Umumiy hisobda Çarlz Rolls vafotidan söng Henri Roys 30 taça avtomobil va bir neçta aviadvigatel loyihasini tayyorlaydi.
1931 yilda Rolls-Royce AQŞda öz korxonasini oçmoqçi böladi. Biroq bu iş muvaffaqiyatsizlik bilan tugaydi.
1933 yilda Genri Roys 70 yoşida vafot etadi. U ölimidan oldin PV-12 aviadvigatelini yasaydi. Keyinçalik ana şu dvigatel uçun Britaniya harbiy havo kuçlari Rolls-Royce bilan yirik şartnoma imzolaydi. Kompaniya buyurtmalarni vaqtida tayyorlab beriş uçun yana ikkita zavod oçadi.
Ikkinçi jahon uruşi yillarida kompaniya asosan Britaniya armiyasiga aviadvigatellar yetkazib beriş bilan şuğullanadi. Ayniqsa, kompaniya tomonidan yaratilgan, dunyodagi birinçi gaz turbinali Merlin VI2 dvigateli muvaffaqiyatli sotiladi.
1945 yilda Rolls-Royce korxonalarida 50 ming odam mehnat qilar, kompaniya Britaniyadagi yirik iş beruvçilardan biriga aylanib ulgurgandi.
Ikkinçi jahon uruşidan söng Rolls-Royce haşamatli avtomobillar işlab çiqarişda davom etadi. Öşa paytda mijozlar orasida Britaniya qirollik oilasi va boşqa zodagon oilalar ham bor edi.
Jumladan, 1950 yilda Edinburg gersogi va malika Yelizaveta şaxsiy foydalaniş uçun Mulliner-Park-Ward firmasining kuzovi bilan jihozlangan Phantom-IV avtomobilini buyurtma beradi.

Şu örinda muhim bir ma’lumot, Rolls-Royce kompaniyasi 1980-yillargaça özi işlab çiqargan avtomobillarning asosan şassisini tayyorlagan. Mijozning talabiga qarab unga boşqa firmalar tayyorlagan kuzovlar örnatilgan.
Keyinçalik, avtosanoat keskin rivojlangaç, kompaniya avtomobillarning barça qismlarini özi tayyorlaşga ötadi. Ungaça Mulliner-Park-Ward firmasi bilan hamkorlik qilinadi.
Bankrotlik
1960-yillardan boşlab kompaniyaning işlari orqaga keta boşlaydi. Oqibatda 1971 yilda Rolls-Royce bankrot deb e’lon qilinadi. Şundan söng Britaniya hukumati kompaniyani asrab qolişga qaror qiladi va 250 mln dollar ajratadi.
Öşa paytgaça kompaniyaning barça bölimlari bitta boşqaruvda edi. Hukumat pul ajratgandan söng uning avtomobilsozlik, aviadvigatellar, lokomotivlar va yengil samolyotlar işlab çiqaruvçi bölimlari alohida qilinadi.
Avtomobilsozlik bölimi Rolls-Royce Motor Holding deb ataladi. Yirik samolyotlar uçun reaktiv dvigatellar işlab çiqaruvçi bölim esa Rolls-Royce Ltd tasarrufiga ötkaziladi. Şundan söng Rolls-Royce kompaniyasining turli bölimlari sotib yuboriladi.
Masalan, turli dvigatellar işlab çiqaruvçi bölim 1980 yilda Vickers plc kompaniyasiga sotiladi.
Ma’lumot uçun, tovuşdan tez uçuvçi Konkord samolyotlariga ham aynan Rolls-Royce Ltd kompaniyasida tayyorlangan reaktiv dvigatellar örnatilgandi.
1987 yilda kompaniya xususiylaştiriladi va Rolls-Royce plc deb qayta nomlanadi. Şundan söng Rolls-Royce plc aksiyalari London fond birjasiga çiqariladi. Kompaniya aksiyalarining asosiy qismi hukumat tasarrufida qoladi.
1999 yilda Vickers plc kompaniyasi Rolls-Royce’ni sotuvga qöyadi. Unga Rolls-Royce va Bentley avtomobillari uçun ehtiyot qismlar yetkazib beradigan BMW kompaniyasi xaridor böladi va 340 mln funt sterling taklif qiladi.
Köp ötmay Rolls-Royce’ni 430 mln funt sterling taklif qilgan Volkswagen kompaniyasi sotib oladi. Öşandan buyon Rolls-Royce özida 20 ga yaqin brendni birlaştirgan Volkswagen Group korporatsiyasi tarkibida qolmoqda.

Rolls-Royce avtomobillari qanday tayyorlanadi?
Rolls-Royce’ning asosiy zavodi Angliyadagi Gudvud şahrida joylaşgan. Asosiy yiğuv sexi 500 metrlik ulkan binoda joylaşgan. Bu yerda avtomobillar qölda yiğiladi.
Rolls-Royce avtomobillari asosan buyurtma böyiça tayyorlanadi. Şu sababli 2023 yilda kompaniya bor-yöği 4 ming donadan oşiqroq avtomobil tayyorlab sotgan.
Kompaniya mijozlari orasida milliarderlar, monarxlar va boşqa taniqli şaxslar bor. Rolls-Royce avtomobillariga boy mijozlarning ta’biga qarab eng yaxşi materiallar işlatiladi.
Masalan, çarm işlatiladigan joylariga buyvollar terisidan foydalaniladi. Yoğoç bilan bezak beriladigan joylariga esa Havayi orollarida ösadigan koa daraxti yoğoçi işlatiladi.
Avtomobil saloni va kuzovining ustki qismiga buyurtmaçining xohişiga qarab bezak beriladi. Avtomobil narxi uning jihozlanişiga qarab özgarib boraveradi.
Ma’lumot uçun, 2024 yilning eng qimmat avtomobili deb Rolls-Royce La Rose Noire Droptail topilgan. Nomini oşkor qilmagan buyurtmaçi uşbu avtomobil uçun 40 mln dollar tölab bergan.

Rolls-Royce Boat Tail avtomobili esa qariyb 30 mln dollarga narxlanadi. Bu avtomobildan buyurtmaçilarning xohişiga qarab bor-yöği uç dona işlab çiqarilgan.
Rolls-Royce’ning eng maşhur modellari
Rolls-Royce 10 h.p. (1904 yil)
Rolls-Royce 10 h.p. modeli Çarlz Rolls va Henri Roys tomonidan işlab çiqarilgan eng birinçi avtomobil edi. Bu avtomobil ilk bor 1904 yilda Parij avtosalonida namoyiş etilgan.
Rolls-Royce 10 h.p. 1906 yilgaça tayyorlangan. Şundan söng ikki hamkor Rolls-Royce 15 h.p., Rolls-Royce 20 h.p., Rolls-Royce 30 h.p. kabi rusumlarini işlab çiqaradi.
Rolls-Royce 10 h.p. öz davrining eng yaxşi avtomobillaridan biri bölgan. Biroq u mukammalligidan emas, şunçaki Rolls-Royce kompaniyasining birinçi avtomobili bölgani uçun maşhur bölgan.
Rolls-Royce 40/50 Silver Ghost (1906)
Rolls-Royce 40/50 Silver Ghost avtomobili kompaniyaning muvaffaqiyatli loyihalaridan biri hisoblanadi. Şu sababli ham bu avtomobil 1906 yildan 1926 yilgaça, 20 yil mobaynida işlab çiqarilgan.
Kompaniyaning birinçi avtomobili bölgan Rolls-Royce 10 h.p. bilan taqqoslaganda Silver Ghost avtomobili ança haşamatli edi.
Keyinçalik bu avtomobil bazasida kompaniya harbiylar uçun pulemyot bilan jihozlangan va zirhlangan Rolls-Royce Armoured Car. avtomobilini işlab çiqargan va ularni Britaniya armiyasiga yetkazib bergan.
Şuningdek, Rolls-Royce kompaniyasi buyurtma asosida Silver Ghost avtomobilining qorda yura oladigan variantini ham tayyorlagan. Bu avtomobilda orqa ğildiraklar örnida zanjirli gusnitsalar, old ğildirak ostiga yirik çanğilar örnatilgandi.
Silver Ghost avtomobillaridan biri 2005 yilda 35 mln dollarga suğurta qilinadi va öşa yili dunyoning eng qimmat avtomobili deb topiladi.

Rolls-Royce Phantom III (1936)
Rolls-Royce Phantom III avtomobillari 1936-1939 yillarda işlab çiqarilgan va u özidan avvalgi Rolls-Royce Phantom II avtomobilining davomçisi edi.
Bu avtomobildan 800 taga yaqin tayyorlangan bölib, ularning aksariyati ingliz zodagonlariga sotilgan edi. Rolls-Royce Phantom III avtomobillari juda katta ölçamdaligiga qaramasdan dvigateli ham ança kuçli bölgan.
Avtomobil har 100 kilometrga 28 litr yoqilği sarflagan va 100 tezlikka erişiş uçun 17 soniya kifoya qilgan.
Rolls-Royce Silver Shadow (1965)
Rolls-Royce Silver Shadow avtomobillari 1965 yildan 1980 yilgaça işlab çiqarilgan. Bu avtomobildan 30 ming donadan oşiq tayyorlangan va u Rolls-Royce avtomobillari orasida eng köp işlab çiqarilgan model hisoblanadi.
Bu maşina ham katta ölçamda bölgan va uning uzunligi 5 270, eni 1 803 millimetrni taşkil etgan. Oğirligi 2,1 tonnadan oşgan.
Rolls-Royce Silver Shadow avtomobillarining ikki eşikli kabriolet rusumi ham işlab çiqarilgan. Biroq öziga töq mijozlar köproq uning tört eşikli rusumini xarid qilgan.

Rolls-Royce Corniche (1971)
Rolls-Royce Corniche avtomobillari 1971 yildan 1195 yilgaça işlab çiqarilgan. Bu avtomobildan kompaniya qariyb 7 ming dona tayyorlagan.
Ulardan 6 262 donasi Rolls-Royce Corniche, qariyb 600 donasi Bentley Corniche nomi bilan işlab çiqarilgan.
Rolls-Royce Corniche avtomobillari ikki eşikli bölib, ular kupe va kabriolet kuzovlar bilan mijozlarga yetkazib berilgan. Bu avtomobil ham yirik ölçamda bölgan. Uning uzunligi 5 169, eni 1 829 millimetrni taşkil etgan.
Rolls-Royce Corniche’ga 240 ot kuçiga ega dvigatel örnatilgan va u soatiga 190 km tezlikda yura olgan. Avtomobilning oğirligi 2 185 kg bölgan.
Rolls-Royce Camargue (1975)
Rolls-Royce Camargue avtomobillari 1975 yildan 1986 yilgaça işlab çiqarilgan. Ikki eşikli sedan kuzovga ega bölgan bu avtomobildan 500 donadan oşiq tayyorlangan.
Uşbu avtomobil ilk işlab çiqarilganda Britaniyada uning narxi 29 250 funt sterlingni taşkil etgan. Köplab boylar buyurtma berib Rolls-Royce Camargue avtomobillariga ega bölgan.
Uşbu avtomobilning uzunligi 5 169, eni 1 918 millimetr bölgan va oğirligi 2,3 tonnadan oşgan. Rolls-Royce Camargue avtomobillari çeklangan miqdorda Yevropa, AQŞ, Kanada, Avstraliya va Osiyo davlatlarida sotilgan.

Rolls-Royce Silver Spirit (1981)
Rolls-Royce Silver Spirit avtomobillari 1980 yildan 1997 yilgaça işlab çiqarilgan. Avvalgilaridan farqli ölaroq Rolls-Royce Silver Spirit lyuks sinfiga ega, tölaqonli (ya’ni 4 eşikli) avtomobil bölgan.
17 yil davomida bu avtomobil bir neça marta yangilangan va uning Mark I, Mark II, Mark III, Mark IV va Mark V nomlari bilan sotilgan.
Şuningdek, bu avtomobil bazasida çeklangan miqdorda Rolls-Royce Park Ward Limousine va Rolls-Royce Silver Spur Limousine limuzinlari ham tayyorlangan.
Rolls-Royce Silver Spirit avtomobili ham yirik ölçamda bölgan va uning uzunligi 5 395 millimetrgaça, eni 1 887 millimetr bölgan. Limuzinlarning uzunligi 6 620 va eni 2 111 millimetrni taşkil etgan.
Rolls-Royce Silver Seraph (1998)
Rolls-Royce Silver Seraph avtomobillari 1998 yildan 2002 yilgaça işlab çiqarilgan. U birinçi marta 1998 yilda Jyeneva avtosalonida namoyiş etilgan.
Tört eşikli sedan bölgan va lyuks sinfiga mansub bu avtomobildan jami 1 570 dona tayyorlangan. Ilk işlab çiqarilgan paytda uning narxi Britaniyada 155 ming funt sterling, AQŞda 220 ming dollar bölgan.
Rolls-Royce Silver Seraph avtomobillari ham yirik ölçamda tayyorlangan. Uning uzunligi 5 639, eni 1 933 millimetr bölgan.
2001 yilda Rolls-Royce Silver Seraph rusumi asosida Park Ward avtomobillari işlab çiqarilgan. Avvaliga kompaniya bu rusumdan 200 dona tayyorlaşni reja qiladi. Biroq 127 dona tayyorlangaç bu rusumni işlab çiqariş töxtatiladi.
Ğayrat Yöldoş tayyorladi.












