Joriy yil iyul oyida Qozoğistonda Chevrolet brendi ostida 2376 dona avtomobil sotilgan. Bu ötgan yilning mos davriga nisbatan 36,7 foizga kam.
2024 yilning yanvar-iyul oylaridagi umumiy körsatkiç esa 10 350 donani taşkil etgan. Taqqoslaş uçun, ötgan yilning dastlabki 7 oyi davomida qöşni respublikada 25 432 dona Chevrolet avtomobili sotilgan.
Xitoy brendlarining Qozoğiston avtomobil bozoridagi uluşi oşib boryapti. Chery, Jac, Haval, Jetaour, Changan, Geely va boşqa brendlarning savdo hajmi keskin köpaygan.
E’tiborlisi, iyul oyida Qozoğistonda 1450 dona Cobalt (eng köp sotilgan ikkinçi avtomobil modeli) va 579 dona Onix (eng köp sotilgan beşinçi avtomobil modeli) xarid qilingan.
Chevrolet-auto.kz ma’lumotlariga köra, Qozoğistonda Onix'ning bir qator modellari Özbekistondagi çegirmali narxlarga nisbatan ham arzonroq.

Eslatib ötamiz, UzAuto Motors'ning Chevrolet Onix sotuvidagi 15 mln sömlik çegirmasi 2024 yil 1 martdan buyon amal qilib kelmoqda.

















