O‘zbekiston | 13:13 / 04.10.2022
15865
1 daqiqa o‘qiladi

«Afrosiyob» poyezdi endi Dashtobodda ham to‘xtab o‘tishni boshlaydi 

O‘zbekistonda mazkur poyezd Jizzax viloyati hududida ikki marta to‘xtab o‘tadi - Jizzax viloyati markazi Jizzax shahrida va Zomin tumanidagi Dashtobod shahrida.

Foto: O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi

2022 yilning 17 oktyabr kunidan 764/763 sonli Toshkent — Samarqand—Toshkent yo‘nalishidagi yuqori tezlikda harakatlanuvchi «Afrosiyob» elektropoyezdi Dashtobod bekatida to‘xtab o‘tadi.

«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» matbuot xizmati xabariga ko‘ra, shu maqsadda Dashtobod bekatida chiptaxona va kutish zali tashkillashtiriladi.

Harakat jadvali quyidagicha:

  • 764-sonli poyezd Toshkent soat 8:25 da — Dashtobod soat 9:32 da - soat 09:34 da — Samarqand soat 10:38 da;
  • 763-sonli poyezd Samarqand soat 16:11 da — Dashtobod soat 17:14 da - soat 17:16 da — Toshkent soat 18:25 da.

Mavzuga oid