«Özbekiston temiryöllari» aksiyadorlik jamiyati 1 fevraldan mamlakat içida qator yölovçi poyezdlari çiptalari narxi oşirilişini e’lon qildi.
Yuqori tezlikda harakatlanuvçi «Afrosiyob» elektr poyezdlari va «Şarq», «Nasaf» va «Özbekiston» yölovçi poyezdlari çipta narxlari 15 foizga kötariladi.
Xususan, «Afrosiyob» uçun yangilangan çipta narxlari quyidagiça böladi:
Toşkent – Buxoro
- VIP – 1 138 000 söm;
- Biznes — 760 000 söm;
- Ekonom — 509 000 söm.
Toşkent – Qarşi
- VIP – 976 000 söm;
- Biznes – 642 000 söm;
- Ekonom – 429 000 söm.
Toşkent — Samarqand
- VIP – 709 000 söm;
- Biznes – 455 000 söm;
- Ekonom – 311 000 söm.
Kompaniya «Afrosiyob» narxlari yuqori tezlikda harakatlanuvçi elektr poyezdlarga texnik xizmat körsatiş va ehtiyot qismlar xarajatlari oşgani, elektr energiyasi va ekspluatatsiya xarajatlari köpaygani, harakat xavfsizligini töliq ta’minlaş hamda xalqaro standartlar darajasida xizmat körsatişni davom ettiriş zarurati, elektr poyezdlar infratuzilmasini saqlaş va doimiy modernizatsiya qiliş işlari hamda yölovçilarga sifatli xizmat körsatiş maqsadida oşirilayotganini qayd etgan.

















