Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston BMTning «Bir mamlakat – bir mahsulot» tashabbusida ishtirok etadi
O‘zbekistonning BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO, qarorgohi Rimda) huzuridagi doimiy vakili o‘rinbosari FAO tomonidan «Bir mamlakat – bir mahsulot» global tashabbusi bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda ishtirok etdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
FAO «Bir mamlakat – bir mahsulot» global tashabbusi orqali qishloq xo‘jaligida istiqboli va salohiyati yuqori bo‘lgan muqobil ekin turlarini yetishtirish, qo‘shilgan qiymat zanjirini rivojlantirish, yangi bozorlarni kashf qilish, fermerlar daromadini oshirish hamda jamiyatda sog‘lom ovqatlanish tarzini targ‘ib etishni maqsad qilgan.
Tashabbus global muammolar, hosildorlikni oshirish, sog‘lom ovqatlanish, oziq-ovqat yo‘qotilishi va chiqindilari masalalari, bioxilma-xillik, yer va suv resurslari, kimyoviy moddalar ishlatilishi hamda iqlim o‘zgarishi muammolarini hal qilishga qaratilgan.
O‘zbekistonning FAO huzuridagi doimiy vakili o‘rinbosari o‘z ma’ruzasida so‘nggi 6 yilda mamlakat qishloq xo‘jaligidagi yuz berayotgan islohotlar va uning istiqboli to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘rtoqlashdi.
Boston Consulting Group konsalting kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan tahlil natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston meva yetishtirish va uni jahon bozoriga yetkazib berish bo‘yicha sezilarli darajada raqobat ustunligiga ega bo‘lib, ushbu tarmoq 2030 yilga qadar bo‘lgan eksport salohiyati 3,8 milliard dollar deb baholangani ishtirokchilarda qiziqish uyg‘otdi.
O‘zbekiston tomoni FAO «Bir mamlakat – bir mahsulot» global tashabbusini qo‘llab-quvvatlash va unda ishtirok etishga tayyor ekanini ma’lum qildi.
Mavzuga oid
18:54 / 06.12.2025
BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti bilan hamkorlikda qator loyihalar amalga oshiriladi
10:45 / 15.10.2025
O‘zbekiston yashil tashabbuslarga yiliga 10 mlrd so‘mgacha mablag‘ sarflaydi
08:10 / 21.03.2025
“Tashabbusli budjet”ning 2025 yilgi 1-mavsum g‘olib loyihalari e’lon qilindi
10:10 / 06.09.2024