Birlaşgan Millatlar Taşkiloti tizimidagi nufuzli tarmoq tuzilmasi rahbari şu kunlarda Toşkent şahrida ötkazilayotgan Dengizga çiqiş imkoniyati bölmagan mamlakatlar oziq-ovqat xavfsizligi va barqaror rivojlaniş maqsadlari böyiça xalqaro forum doirasida mamlakatda bölib turibdi.

Uçraşuv avvalida BMTning yuqori martabali vakili dunyoning 30 dan ortiq mamlakatidan nufuzli delegatsiyalar iştirok etayotgan forumni muvaffaqiyatli ötkazişni qöllab-quvvatlagani uçun davlatimiz rahbariga çuqur minnatdorlik bildirdi.

Suhbat davomida Özbekiston va FAO örtasidagi zamonaviy xavf-xatar va tahdidlarga qarşi samarali çora köriş borasidagi strategik şeriklikni yanada kengaytiriş masalalari muhokama qilindi.

Sönggi yillarda amaliy hamkorlikda erişilgan samarali natijalar mamnuniyat bilan qayd etildi. Xususan, 2025 yilgaça bölgan davrda hamkorlik böyiça mamlakat dasturini bajariş sifat körsatkiçlari ikki barobar yaxşilandi. Hozirda 34 ta loyiha faol amalga oşirilmoqda. Ötgan bir yil içida dehqonçilik, maktablarda ovqatlaniş, veterinariya, agrokimyo va boşqa sohalarda 7 ta yangi loyiha işga tuşirildi.

Yangi beş yillik şeriklik dasturini tayyorlaş va qabul qiliş muhimligi ta’kidlandi.

Agrosanoat majmuasini raqamlaştiriş, ilğor bilim va tajriba almaşiş, yer fondi unumdorligini oşiriş, organik qişloq xöjaligi mahsulotlarini yetiştiriş va qayta işlaş, suğoriş tizimlarini modernizatsiya qiliş, zamonaviy klasterlar va logistika markazlarini taşkil etiş, ilmiy-tadqiqot işlarini olib boriş böyiça istiqbolli qöşma loyiha va tadbirlarga alohida e’tibor qaratildi.

Şuningdek, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlaş bilan boğliq global va mintaqaviy vaziyat yuzasidan ham fikr almaşildi.