Bayden keyingi prezidentlik saylovlarida ham qatnashishi rasman tasdiqlandi
Jo Bayden 2024 yilgi prezidentlik saylovlarida ham nomzod sifatida ishtirok etadi. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Karin Jan-Per ma’lum qildi.
«Prezidentning o‘zi bu haqida aytdi. U 2024 yilda prezidentlikka nomzodini qo‘yish niyatida», - dedi Jan-Per.
NBC News xabariga ko‘ra, Bayden yashirincha saylovga tayyorgarlik ko‘rishni boshlagan. Uning jamoasi 2024 yilda dolzarb bo‘lishi kutilayotgan masalalarni ishlab chiqish uchun oraliq saylovlardan foydalanishni rejalashtirmoqda.
Ma’lumot uchun, 79 yoshli Jo Bayden 2020 yilning kuzida o‘tkazilgan saylovlarda g‘olib chiqqandi. U Qo‘shma Shtatlari tarixidagi eng keksa prezident hisoblanadi.
Aprel oyida The Hill nashri Bayden 2024 yilgi saylovlarda ishtirok etish niyati borligi haqida xabar bergandi. Nashr manbasiga ko‘ra, u bu masalani sobiq prezident Barak Obama bilan muhokama qilgan.
Avvalroq, AQSh prezidenti saylovlarga chet el aralashuvi tahdidi yoki aholining saylovlarga ishonchini susaytirishi sababli joriy etilgan milliy favqulodda holat rejimini bir yilga uzaytirgani ma’lum qilingandi.
Mavzuga oid
18:05 / 04.10.2024
AQShda «Helen» to‘foni qurbonlari soni 200 dan oshdi. Prezident va nomzodlar jabrlangan hududlarga bormoqda
10:00 / 04.10.2024
Jo Bayden GFRda Germaniyaning oliy ordeni bilan mukofotlanadi
09:30 / 02.10.2024
FT: Bayden Ukrainaning NATOga arizasi maqomini oshirishi mumkin
17:43 / 27.09.2024