Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dam olish kunlari quruq va issiq harorat kuzatiladi
Bugun va dam olish kunlari O‘zbekiston hududiga iliq va quruq havo massasi kirib kelishi davom etadi.
“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, faqat respublikaning shimoliy hududlariga Kaspiy dengizi hududlaridan bulutli massivlar kirib kelishida 15 oktyabr kuni beqaror ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi.
Kunduzgi havo harorati ushbu kunning o‘rtacha me’yoriy qiymatlaridan ko‘p bo‘ladi va 26-29 daraja issiqni tashkil etadi.
Shimolda va cho‘l hududlarda 16 oktyabr kuni ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.