Jahon | 15:55 / 17.10.2022
5098
2 daqiqa o‘qiladi

Germaniya Ukrainaga 500 mln yevro miqdorida yordam berishini e’lon qildi

Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok Ukrainaga 500 million yevro miqdorida moliyaviy yordam ko‘rsatilishini ma’lum qildi. 

Foto: AP

Shuningdek uning ma’lum qilishicha, 15 ming ukrainalik harbiy xizmatchi Yevropa ittifoqi mamlakatlarida o‘qitiladi

Tashqi ishlar vaziri Ukraina sharqida Rossiya tomonidan noqonuniy ravishda annexia qilingan hududlardan odamlarni ozod qilish zarurligiga e’tibor qaratdi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, u yerda o‘z vataniga qarshi chiqishdan bosh tortgan mas’ul shaxslar sovuqqonlik bilan otib tashlanyapti. 

«Kiyev oblastida kuzatilayotgan uchuvchisiz uchar qurilmalar - dronlar hujumlari bu urush qanday shafqatsizlik bilan davom etayotganini yaqqol ko‘rsatib turibdi», deya ma’lum qildi Annalena Berbok.

Bundan oldin AQSh Ukrainaga yana 725 mln dollarlik harbiy yordam ajratgandi.

Yangi paketning bir qismi sifatida Ukraina HIMARS yalpi o‘t ochish reaktiv tizimlari (YaO‘RT) uchun qo‘shimcha snaryadlar, 23 000 ta artilleriya snaryadlari, 500 ta yuqori aniqlikdagi artilleriya snaryadlari va boshqalarni oladi.

Rossiyaning Ukrainaga qarshi harbiy tajovuzi boshlanganidan beri Qo‘shma Shtatlar Kiyevga 17,6 milliard dollarga yaqin harbiy yordam ajratdi, deya ma’lum qildi Pentagon. Joriy yetkazib berish Amerika havo hujumidan mudofaa tizimlarini o‘z ichiga olmaydi, chunki paket Ukrainaning qarshi hujumini qo‘llab-quvvatlash uchun mo‘ljallangan, deya ta’kidlaydi Reuters.

Mavzuga oid