Ukraina Milliy antikorrupsiya byurosi (NABU) va Ixtisoslaştirilgan antikorrupsiya prokuraturasi (SAP) mamlakat prezidenti ofisi sobiq rahbari Andrey Yermakka nisbatan jinoiy yöl bilan olingan mablağlarni legallaştiriş böyiça gumon e’lon qildi.

Tergov ma’lumotlariga köra, gap Kiyev yaqinidagi nufuzli quriliş loyihasi orqali 460 million grivna — taxminan 8,9 million yevro mablağni yuviş haqida ketmoqda.

NABU va SAP xabarlariga köra, Yermak uyuşgan jinoiy guruh tarkibida harakat qilgan bölişi mumkin. Uşbu guruh Ukraina antikorrupsiya organlari tomonidan “Midas” operatsiyasi doirasida foş etilgan.

“Ukrainskaya pravda” naşrining yozişiça, Andrey Yermak korrupsiya bilan boğliq ayblovlarni rad etgan. U özining “faqat bitta avtomaşinasi va bitta kvartirasi” borligini ta’kidlagan.

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 2025 yil 28 noyabr kuni Yermakni prezident ofisi rahbari lavozimidan ozod qilgan edi.

Bundan oldin Yermak “Energoatom” kompaniyasi atrofidagi korrupsiya mojarosi va uning uyida ötkazilgan tintuvlar ortidan iste’fo haqida ariza yozgan.

Andrey Yermak 2020 yil fevraldan boşlab Ukraina prezidenti ofisini boşqarib kelgan. U Volodimir Zelenskiyning eng yaqin hamkorlaridan biri va mamlakatda prezidentdan keyingi eng ta’sirli şaxslardan biri sifatida körilgan.

Ukraina prezidenti maslahatçisi Dmitriy Litvin mazkur gumon haqidagi xabarlarda hayratlanarli heç narsa yöqligini aytgan.

“Bu mavzudagi muhokamalar ommaviy axborot vositalarida ançadan beri davom etib kelayotgan edi”, — degan u “Ukrainskaya pravda”ga.