O‘zbekiston | 10:36 / 17.10.2022
2779
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentdan respublika boshqa hududlariga ko‘chib ketganlar soni aytildi

Toshkent shahridan eng ko‘p Qashqadaryo va Toshkent viloyatlariga ko‘chib ketishgan.

2022 yil yanvar-sentabr oylarida Toshkent shahridan respublikaning boshqa hududiga doimiy yashash maqsadida ko‘chib ketganlar soni 7 741 kishini tashkil etgan.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkent shahridan ko‘chib ketish o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 676 kishiga (9,6 foizga) oshgan.

Toshkent shahridan hududlarga doimiy yashash uchun ko‘chib ketganlar soni:

  • Toshkent viloyati – 5778 kishi; 
  • Qashqadaryo viloyati – 312 kishi; 
  • Samarqand viloyati – 224 kishi; 
  • Buxoro viloyati – 195 kishi; 
  • Surxondaryo viloyati – 178 kishi; 
  • Xorazm viloyati – 176 kishi; 
  • Qoraqalpog‘iston R. – 149 kishi; 
  • Farg‘ona viloyati – 147 kishi; 
  • Andijon viloyati – 132 kishi; 
  • Jizzax viloyati – 130 kishi; 
  • Navoiy viloyati – 128 kishi; 
  • Sirdaryo viloyati – 121 kishi; 
  • Namangan viloyati – 71 kishi.

Mavzuga oid