O‘zbekiston | 13:00 / 18.10.2022
13791
1 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryoning eng olis qishloqlarida elektr tarmog‘i yangilandi

Qashqadaryo viloyatida 2022 yil uchun belgilangan “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida belgilangan vazifalar o‘z yakuniga yetmoqda.

Foto: Qashqadaryo HETK

Hududlarning elektr havo tarmoqlarini yangilash, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish bo‘yicha loyihaga kiritilgan qurilish ishlari nihoyasiga yetkazildi. Buni birgina Mirishkor tumanida amalga oshirilgan ishlar misolida ham ko‘rish mumkin.

Mirishkorda “Obod qishloq” dasturi doirasida amalga oshirilgan ishlar qishloq ahlining turmush tarziga yangilik olib kirmoqda, kundalik hayotlarida qulaylik yaratmoqda.

"Qashqadaryo HET" matbuot xizmati Ⓣ

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid