Qaşqadaryoda “Pomuqni obod şaharçaga aylantiramiz!” deb nomlangan xayrli taşabbus boşlandi. Şaharçaning elektr ta'minoti tizimini tubdan takomillaştiriş maqsadida qöşimça törtta transformator va 117 ta temir beton ustunlari örnatilişi belgilab olingan.

Mirişkor tumanining Pomuq şaharçasi Qaşqadaryo viloyatining eng çekka hududlaridan hisoblanadi. Hudud aholisi 6 ta mahallada istiqomat qiladi. 18 ming aholi yaşaydi.

“Pomuqni obod şaharçaga aylantiramiz!” harakatini yurtdoşlarimiz quvonç bilan qarşi olişdi. Çunki uşbu loyiha doirasida ijtimoiy obektlar, yöllar, kommunal soha, aholi xonadonlarini obod qiliş va tomorqadan samarali foydalaniş masalalari ham jadallik bilan amalga oşirilişi belgilangan.

Hududga xizmat körsatuvçi Bahoriston elektr ta'minoti korxonasi Mirişkor tumaniga qaraşli bölgan 16 ta mahallada 8686 ta maişiy va 529 ta yuridik iste'molçilarga elektr energiya yetkazib bermoqda. Yil davomida, xususan, Pomuq şaharçasiga 6 dona transformator punkti va 7 km.da 0,4 kV havo liniyasi töliq ta'mirlandi. Bunga qöşimça 4 dona 160/10 kVa transformator punkti qurilib, yana 15 ta transformator punkti töliq ta'mirlandi. 

“2017-2021 yillarda past kuçlanişli elektr tarmoqlarini yanada modernizatsiya qiliş va yangilaş dasturi töğrisida”gi Prezident qarori ijrosi va “Pomuqni obod şaharçaga aylantiramiz!” taşabbusi bilan belgilangan vazifalar “Qaşqadaryo hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati va “Bahoriston elektr ta'minoti korxonasi” muhandis-mutaxassislarining ustuvor vazifasi bölib qoladi. 

Eslatib ötamiz, Dehqonobod tumanining olis Oqqişloq mahallasi ham xuddi şunday tartibda obod bölgandi.