O‘zbekiston | 07:26 / 25.10.2022
6692
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonga yengil avtomobillar asosan Xitoydan olib kelinyapti

O‘zbekiston asosan qaysi davlatlardan yengil avtomobil import qilgani to‘g‘risida ma’lumot berildi.

2022 yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston 25 ta xorijiy davlatlardan yengil avtomobillar import qilgan. 

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 9 oyda O‘zbekiston yengil avtomobillarni eng ko‘p import qilgan davlatlar orasida Xitoy yetakchilik qilmoqda – 8 682 ta.

Undan keyingi o‘rinlardan mos ravishda 7 117 ta hamda 4 431 ta yengil avtomobil olib kelingan Koreya va Qozog‘iston joy oldi.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:

  • Rossiya – 1 418 ta;
  • AQSh – 359 ta;
  • BAA – 126 ta; 
  • Yaponiya – 110 ta;
  • Germaniya – 101 ta.

Mavzuga oid