Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yakshanba va dushanba kuni yomg‘ir yog‘adi
Bugun va ertaga respublika hududi iliq va biroz nam havo massalari ta’siri ostida bo‘ladi.
“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, bugun kechga tomon va ertaga respublikaning ayrim hududlarida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechalari 5-10 daraja, kunduz kunlari 16-21 daraja iliq atrofida bo‘ladi.
Yakshanba kuni respublika hududiga Volgabo‘yi hududidan sovuq antitsiklon kirib keladi. Respublika bo‘yicha yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Buxoro, Navoiy viloyatlarida kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘adi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kunduzi havo harorati 10-15 daraja iliqqacha pasayadi.
Dushanba kuni kuchli yomg‘ir yog‘ishi faqat sharqiy hududlarda saqlanib turadi. Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Qolgan hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kunduzi havo harorati quyosh isishi hisobiga 13-18 daraja iliqqacha biroz ko‘tariladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida 29-31 oktyabr kunlari vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), 30-31 oktyabrda ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi kutilmoqda.
30-31 oktyabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Surxondaryo, Farg‘ona viloyatlarida ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi kutilmoqda.Respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.
Mavzuga oid
12:27 / 26.06.2026
Hafta oxirida o‘zgaruvchan havo kuzatiladi
20:01 / 22.06.2026
Qurg‘oqchil havo: jazirama hafta fermerlar uchun qanday xavflar tug‘diradi?
11:37 / 22.06.2026
Hafta davomida ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin
09:15 / 22.06.2026