O‘zbekiston | 12:25 / 29.10.2022
6276
2 daqiqa o‘qiladi

Hukumat Shayxontohur tumanini rivojlantirish to‘g‘risida qaror qabul qilishi kutilyapti

Foto: Kun.uz

“2022-2023 yillarda Toshkent shahri Shayxontohur tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi.

Quyidagilarni o‘z ichiga olgan 2022-2023 yillarda Shayxontohur tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi tasdiqlanadi:

  • 2022-2023 yillarda Shayxontohur tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi maqsadli parametrlari va moliyalashtirish manbalari;
  • 2022-2023 yillarda Shayxontohur tumanida sanoat, xizmat ko‘rsatish va servis sohalarida amalga oshiriladigan loyihalar manzilli ro‘yxati;
  • 2022-2023 yillarda Shayxontohur tumanida yo‘l-transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yaxshilash va obodonlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar;
  • 2022-2023 yillarda Shayxontohur tumanida ijtimoiy soha obektlarini qurish, rekonstruksiya qilish hamda mukammal ta’mirlash chora-tadbirlari.

Quyidagilar dastur asosiy ustuvor yo‘nalishlari etib belgilanadi:

  • Shayxontohur tumanini ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yanada rivojlantirish, aholi, xotin-qizlar, yoshlar va kam ta’minlangan fuqarolar bandligini ta’minlash orqali ular daromadlari va turmush darajasini oshirish;
  • kichik va oilaviy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
  • yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish, mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha qo‘shimcha investitsiya loyihalarini amalga oshirish;
  • sanoat va xizmatlar ko‘rsatish yo‘nalishidagi tadbirkorlik sub’yektlarini hamda ishlab chiqarish hajmlarini ko‘paytirish orqali soliq bazasini kengaytirish;
  • muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, aholini toza ichimlik suv, tabiiy gaz va elektr energiyasi bilan ta’minlash darajasini oshirish;
  • ijtimoiy soha obektlari holatini yaxshilash, binolarini ta’mirlash, jihozlarini yangilash, hududlarini obodonlashtirish.

Mavzuga oid