Joriy yilning 23 iyun kuni taxminan soat 19:30 larda 1984 yilda tuğilgan, Şayxontohur tumanida istiqomat qiluvçi X.A. (muqaddam Jinoyat kodeksining 165-moddasi bilan sudlangan) jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini qasddan mensimasdan, Şayxontohur tumanida gul dökonlaridan birida gul sotuvçisi, 2003 yilda tuğilgan X.T. bilan özaro janjallaşgan. 

Şu yerda bölgan 2003 yilda tuğilgan A.T. va 2002 yilda tuğilgan T.I. uni tinçlantirib, janjalni oldini olişga uringan. Biroq X.A. bezorilik harakatini davom ettirib, ularni urib tan jarohati yetkazgan.

Birlamçi tibbiy ma’lumotga köra, jabrlanuvçilarga yengil tan jarohati yetkazilgan.    

Mazkur holat yuzasidan Şayxontohur tumani IIO FMB Tergov bölimi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “g” bandi (“Bezorilik harakatini oldini oliş çorasini körgan boşqa fuqarolarga qarşilik körsatib sodir etiş”) bilan jinoyat işi qözğatilgan. 

“Tergov harakatlari davom etmoqda. Yakuni böyiça qonuniy qaror qabul qilinişi ta’minlanadi.

Hurmatli fuqarolar, agar siz uşbu şaxsning harakatlaridan jabr körgan bölsangiz yaqin oradagi IIBga yoki 102 raqamiga xabar berişingizni söraymiz”, deyiladi poytaxt IIBB xabarida.