O‘zbekiston | 20:16 / 02.11.2022
14603
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston - o‘rtacha oylik ish haqi bo‘yicha Markaziy Osiyoda uchinchi 

Markaziy Osiyoning beshta davlatida ish haqi taqqoslab ko‘rilganida, O‘zbekistonning uchinchi o‘rinda ekani ma’lum bo‘ldi. 

2022 yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekistonda o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 3,72 million so‘mni (335 dollar) tashkil etdi. 

2021 yilning shu davriga nisbatan o‘sish 24,9 foizga teng bo‘ldi, deb xabar berdi Davlat statistika qo‘mitasi. 

O‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi (keyingi o‘rinlarda - o‘rtacha ish haqi) tarkibiga qo‘shimcha to‘lovlar, rag‘batlantirish to‘lovlari, kompensatsiya to‘lovlari va ishlamagan soatlar uchun to‘lovlar, shuningdek jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va kasaba uyushma fondiga ajratmalar ham kiradi. 

Davlat statistika qo‘mitasi uning miqdorini hisoblash uchun turli sohalardagi 3 milliondan ortiq ishchilarning ma’lumotlaridan foydalangan. 

O‘zbekiston bu ko‘rsatkich bo‘yicha Markaziy Osiyoda uchinchi o‘rinda turibdi. 

1. Qozog‘iston – 650 $

2. Turkmaniston – 383 $

3. O‘zbekiston – 335 $

4. Qirg‘iziston – 279 $

5. Tojikiston – 159 $ 

Taqqoslash uchun, Rossiyada bu ko‘rsatkich 828 $. 

Markaziy Osiyo mamlakatlari va Rossiyada o‘rtacha oylik nominal ish haqi miqdori (real ish haqi inflatsiyani hisobga olgan holda aniqlanadi) doimiy o‘zgarib turadi. 

Reytingni tuzishda Tojikiston bo‘yicha avgust oyi oxiri, O‘zbekiston bo‘yicha sentabr oxiri, boshqa mamlakatlar uchun yilning birinchi yarmidagi ma’lumotlar hisobga olingan.

Mavzuga oid