O‘zbekiston | 07:50 / 04.11.2022
15869
2 daqiqa o‘qiladi

Eng kam yillik mehnat ta’tili muddati uzaytirildi

Qonunchilik palatasida yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi mazmun-mohiyati va ahamiyatiga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.

Foto: iStock

Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi hajmi amaldagisiga nisbatan deyarli 3 barobar katta bo‘lib, 600 ga yaqin moddani o‘z ichiga olgan. Hujjatda bandlik, individual mehnat munosabatlari, xodimlarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, ayrim toifadagi xodimlar mehnatini tartibga solish xususiyatlari, xodimlar mehnat huquqini himoya qilish, mehnat nizolarini ko‘rib chiqishni nazarda tutuvchi normalar qo‘shildi.

Yangi kodeksda bandlik, individual mehnat munosabatlari, xodimlarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, ayrim toifadagi xodimlar mehnatini tartibga solish xususiyatlari, xodimlar mehnat huquqlarini himoya qilish, mehnat nizolarini ko‘rib chiqish kabi normalar o‘z ifodasini topgani aytib o‘tildi.

Kodeksda ijtimoiy va huquqiy himoyaga muhtoj ishchilar ayrim toifalari – ayollar va oilaviy majburiyatlarni bajarish bilan shug‘ullanadigan shaxslar, 18 yoshga to‘lmagan ishchilar, nogironlar, o‘rindoshlik asosida ishlovchilar, yakka tartibdagi tadbirkorlar mehnatini tartibga solish o‘ziga xos xususiyatlari ham aks etgan.

Ish beruvchi homilador ayollarga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida antenatal (tug‘uruqqacha) parvarishlash uchun o‘rtacha ish haqi saqlangan holda qo‘shimcha bo‘sh kunlarni berishi lozim bo‘ladi. Xodim ish stajiga qarab ishdan bo‘shatish nafaqasini tabaqalashtirish va bunda aynan ushbu tashkilotda ishlagan muddatini inobatga olish nazarda tutildi.

Xodimlar yillik asosiy ta’tili muddati davomiyligi ko‘paytirilib, xalqaro standartlarga muvofiqlashtirildi. Amaldagi Mehnat kodeksiga asosan, yillik asosiy ta’til muddati o‘n besh ish kunini tashkil etadi. Yangi tartibga binoan, yillik asosiy mehnat ta’tili davomiyligi eng kam muddati yigirma bir kalendar kuni etib belgilandi va xalqaro standartga muvofiqlashtirildi.

Mavzuga oid