O‘zbekiston | 15:58 / 14.11.2022
10008
1 daqiqa o‘qiladi

Buxoro xalqaro aeroportida Rossiyadan to‘pponcha olib kelayotgan shaxs ushlandi

Moskva-Buxoro aviareysida uchib kelgan fuqaroning yonidan “PM49” rusumli pnevmatik to‘pponcha va uning o‘qlari topilgan. 

Buxoro xalqaro aeroporti orqali pnevmatik qurol olib kirishga uringan fuqaro bojxona postida to‘xtatib qolingan. Bu haqda Buxoro viloyati Bojxona boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Moskva-Buxoro aviareysi orqali Rossiyadan uchib kelgan fuqaro X.J. bojxona nazoratining “yashil yo‘lagi”dan o‘tayotgan paytida xodimlarda shubha uyg‘otadi va tegishli bojxona nazoratidan o‘tkazilgan. Natijada, yo‘lovchi yonida bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan “PM49” rusumli pnevmatik sport quroli, uning gaz balloni va 500 dona o‘qi borligi aniqlangan.

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Руслан Сабуров
Tayyorlagan Руслан Сабуров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid