Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
11 yoshli bola aql bobida Hoking va Eynshteynni ortda qoldirdi
Angliyalik 11 yoshli Yusuf Shoh IQ-testida o‘tmishning mashhur olimlari Stiven Hoking va Albert Eynshteynni ortda qoldirdi.
Foto: SWNS
Buyuk Britaniyaning Lids shahrida yashovchi o‘smir 18 yoshgacha bo‘lgan erkaklarga mo‘ljallangan IQ-testida eng yuqori ball to‘pladi va intellekt bo‘yicha Stiven Hoking bilan Albert Eynshteynni ortda qoldirdi.
11 yoshli Yusuf Shohning do‘stlari doimo uning juda aqlli ekanini aytishgan. Bir kuni o‘smir bu haqiqat yoki yo‘qligini tekshirishga qaror qilgan. Yusuf o‘z intellektual qobiliyatini baholash uchun IQ-testini topshirdi va 162 ball to‘pladi. Uning natijasi nazariyotchi fizik olimlar Stiven Hoking va Albert Eynshteyn ko‘rsatkichidan 2 ball yuqori bo‘ldi. Bunday ko‘rsatkichga dunyoning 1 foiz aholisi erishgan xolos.
O‘smir o‘zining yutug‘ini ota-onasi va akalari bilan restoranda nishonladi. Yusufning onasi o‘g‘lining yutuqlaridan juda faxrlanishini aytdi, lekin otasi baribir undan aqlliroq ekani haqida hazil qildi.
«Biz xursandmiz, lekin sodir bo‘lgan voqeaga xotirjam munosabatda bo‘ldik. Men o‘g‘limga: «Agar senda iste’dod bo‘lsa, bu yetarli emas. Eng mehnatkash bo‘lish ham kerak», deb doim aytaman», dedi u.
Kelajakda Yusuf Shoh Oksford yoki Kembrijda matematika bo‘yicha o‘qishni orzu qiladi. Buning uchun u muntazam ravishda miyani mashq qildiradi: misol ishlaydi, Sudokuni yechadi va Rubik kubigini yig‘adi.
Mavzuga oid
13:37 / 14.01.2026
Germaniya, Fransiya, Italiya va Britaniya Eron elchilarini TIVga chaqirdi
13:29 / 14.01.2026
Eronda qurbonlar soni o‘smoqda: YeI va Britaniya sanksiyalarni kuchaytirishga tayyorlanyapti
19:15 / 12.01.2026
Buyuk Britaniya Ukraina uchun yangi ballistik raketa ishlab chiqadi
16:04 / 12.01.2026