«Tolibon» sudlarga shariat qonunlari bo‘yicha jazo tayinlashni buyurdi
Endi talonchilik, odam o‘g‘irlash yoki qo‘zg‘olonga undash kabi jinoyatlar uchun aybdorlar omma oldida qo‘li kesiladi yoxud toshbo‘ron qilinadi.
Afg‘oniston sudyalariga shariat qonunlariga muvofiq hukm chiqarish amaliyotini joriy etish buyurildi. Bunday buyruqni «Tolibon» harakati yetakchisi Xaybatulloh Oxundzoda bergan.
Sudyalarga jinoyat tarkibida Islom dini qonunlari buzilishi alomatlarini sinchkovlik bilan aniqlash topshirildi, deb yozdi «Tolibon» vakili Zabihulloh Mujohid ijtimoiy tarmoqda.
Bu bilan «Tolibon» hech qanday yangilik kiritmayapti, faqat 1996-2001 yillarda hokimiyatga kelganidan keyin amaliyotga kiritilgan tartibga qaytmoqda.
O‘tgan yili avgust oyida NATO kuchlari Afg‘onistondan olib chiqilgach, mamlakatda hokimiyatga qaytgan «Tolibon» bu safar mo‘’tadilroq siyosat yuritishiga va’da bergan edi. Biroq, amalda ular bosqichma-bosqich turli xil taqiqlarni, ayniqsa ayollarga qarshi ko‘plab cheklovlarni joriy qilmoqda.
Bundan tashqari, Afg‘onistonda muxolifat vakillari, jurnalistlar, G‘arb tashkilotlarining sobiq xodimlari va NATO qo‘shinlari bilan hamkorlik qilgan tarjimonlar ham ta’qibga uchramoqda.
Mavzuga oid
13:30
O‘zbekiston va AQSh afg‘on masalasi bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi
17:22 / 17.11.2024
Tramp Afg‘onistondan AQSh qo‘shinlarini olib chiqqanlarni jazolamoqchi – OAV
21:44 / 09.11.2024
Afg‘onistonda IIV, Mudofaa vazirligi va razvedka qurol-yarog‘ berish huquqidan mahrum etildi
18:05 / 06.11.2024