O‘zbekiston | 08:52 / 18.11.2022
4127
4 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda ichimlik suvi ta’minotini rivojlantirish konsepsiyasi e’lon qilindi

Foto: Kun.uz

“2023-2035 yillarda O‘zbekiston ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarishni rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi prezident farmoni loyihasi e’lon qilindi.

2023 – 2035 yillarda O‘zbekiston ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarini chiqarishni rivojlantirish konsepsiyasi, 2023-2035 yillarda O‘zbekiston ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarini chiqarishni rivojlantirish konsepsiyasida belgilangan vazifalarni 2023-2025 yillarda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlanadi.

Konsepsiya ustuvor yo‘nalishlari etib:

  • aholini ichimlik suvi ta’minoti xizmatlari bilan to‘liq va tun-u kun ta’minlash samarali yo‘nalishlarini belgilash;
  • mavjud ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarish tizimlarini kompleks rivojlantirish va modernizatsiya qilish, yangilarini yaratish;
  • ichimlik suvi va oqova suvlarni tozalash inshootlari va tarmoqlari xavfsizligini ta’minlash, eskirish ilg‘or tiklanishini ta’minlaydigan hajmlarda ta’mirlash ishlarini olib borish;
  • ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarish sektorini boshqarish, moliyalashtirish va sarflash samarali tizimini joriy etish;
  • ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarish tarmoqlarini iqtisodiyot va aholi ehtiyojlaridan kelib chiqib takomillashtirish va rivojlantirish, davlat strategik vazifalarini hal etish;
  • belgilangan maqsadlarga erishish uchun ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarish tashkilotlari o‘quv hamda moddiy-texnik bazasini mustahkamlash;
  • ichimlik suvi ta’minoti tizimlari va oqova suvlarni chiqarish faoliyati atrof-muhitga salbiy ta’sirini kamaytirish;
  • ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarish tizimini rivojlantirishni davlat siyosati va tartibga solish asosi sifatida kommunal soha me’yoriy-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish;
  • ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarish sohasini malakali mutaxassislar bilan ta’minlash belgilansin.

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, «O‘zsuvta’minot»:

  • a) konsepsiyada belgilangan ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish orqali 2035 yilgacha: ichimlik suvi xizmatlari qamrovini 69,7 foizdan 91,2 foizga oshirishga; oqova suv chiqarish xizmatlari qamrovini 17 foizdan 31 foizga oshirishga erishilishini;
  • b) Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi bilan birgalikda «O‘zsuvta’minot» balansida bo‘lgan va davlat-xususiy sheriklik asosida xususiy sektorga o‘tkaziladigan ichimlik suvi ta’minoti hamda oqova suvlarni chiqarish inshootlari ro‘yxati Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini;
  • v) Oliy ta’lim vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda 2023 yil 1 dekabrga ichimlik suvi ta’minoti tizimi rahbarlari va mutaxassislari malakasini oshirish tizimini takomillashtirish yuzasidan: uzluksiz malaka oshirish jarayonlarini, moliyalashtirish manbaini tashkil etish shakllari, tartibi va bosqichlarini aniq ko‘rsatuvchi; "O‘zsuvta’minot" rahbar xodimlarini uzluksiz malaka oshirish va attestatsiyadan o‘tkazish, uzluksiz malaka oshirish tizimini amaliyotga joriy etish, ularga doimiy ravishda kasbiy o‘z-o‘zini rivojlantirish imkoniyatini beruvchi takliflar Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini ta’minlaydi.

Mavzuga oid