Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiya Kiyevga Crotale zenit-raketa komplekslarini topshirdi
Parij Kiyevga Crotale zenit-raketa komplekslarining ikkita batareyasini, shuningdek, ikkita yalpi o‘t ochish raketa tizimini topshirdi.
Bu haqda Fransiya mudofaa vaziri Sebastyan Lekornyu Le Journal du Dimanche nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda Kiyevning radiolokatsion stansiyalar bilan ta’minlash bo‘yicha so‘rovi ko‘rib chiqilmoqda.
Avvalroq Ukraina NATOning 6 ta davlati bilan birgalikda qurol ishlab chiqarishi xabar berilgandi.
Ukraina NATO harbiy-sanoat kompleksiga integratsiya qilinmoqda. Bu haqda «Ukroboronprom» tegishli bayonot bilan chiqdi.
Ukraina konserni alyansning kamida 6 a’zo davlati: Polsha, Chexiya, Fransiya, Daniya va bir qancha davlatlar bilan birgalikda og‘ir qurol va harbiy texnika ishlab chiqadi hamda ishlab chiqaradi, ular bilan tuzilgan shartnomalar ma’lumotlarni oshkor qilishni nazarda tutmaydi.
«Shunday qilib, biz qo‘shma mudofaa korxonalarini yaratmoqdamiz, o‘q-dorilar ishlab chiqarishning yopiq liniyalarini qurmoqdamiz, birgalikda zirhli texnika va ko‘plab raketa tizimlarini ishlab chiqarmoqdamiz, yangi yuqori texnologiyali qurollarni birgalikda ishlab chiqmoqdamiz. Buning uchun biz xavfsiz joylarda mavjud quvvatlardan ham, yangi yaratilgan quvvatlardan ham foydalanamiz», - deb ma’lum qildi «Ukroboronprom».
Mavzuga oid
22:51 / 21.06.2026
Fransiyada jazirama issiq tufayli qizil darajadagi xavf e’lon qilindi
08:59 / 15.06.2026
Zelenskiy G7 sammitida Tramp bilan uchrashishini ma’lum qildi
20:32 / 13.06.2026
O‘zbekistonliklar uchun Fransiyada mavsumiy ish taklif etilmoqda
10:08 / 11.06.2026