08:51 / 21.11.2022
5356

Harbiy ayollar uchun «To‘maris» ko‘krak nishoni ta’sis etildi

Prezidentning «To‘maris» ko‘krak nishonini ta’sis etish to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Foto: Dunyo

Davlat rahbari qarori bilan «To‘maris» ko‘krak nishoni to‘g‘risidagi nizom  va «To‘maris» ko‘krak nishoni, uning guvohnomasi tasdiqlandi.

Hujjatga ko‘ra, Markaziy bank «Davlat belgisi» davlat unitar korxonasi tegishli vazirlik va idoralarning buyurtmalariga asosan «To‘maris» ko‘krak nishoni va uning guvohnomasini belgilangan tartibda tayyorlaydi.

«To‘maris» ko‘krak nishoni va uning guvohnomasini tayyorlash hamda mukofotlanganlarni taqdirlash bilan bog‘liq xarajatlar budjet mablag‘lari, budjetdan tashqari mablag‘lar va  qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.

Ko‘krak nishoni vazirlik va idoralar rahbarlari (yoki ular topshirig‘iga muvofiq, boshqa mas’ul shaxslar) tomonidan 14 yanvar — Vatan himoyachilari kuni bayrami arafasida tantanali ravishda topshiriladi.

Top